Tereza Mey isteʼfoga chiqishga qaror qildi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey shu yilning yozida – Brexit jarayoni yakuniga yetganidan soʻng isteʼfoga chiqishga qaror qildi.
The Sun gazetasining britan hukumatidagi manbasiga tayanib bergan xabarida shu haqda aytilgan. Gazetaga koʻra, qolgan vaqt davomida bosh vazir amaldagi Konservativ partiya vakillari ichidan oʻziga munosib voris tanlashni rejalashtirgan.

 

OʻzA