Toshkentdagi Inha universitetida “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalariorqali mustahkam oila sari” mavzusida oʻtkazilgan oʻquv-seminarda bu haqida gapirildi.
Toshkentdagi Inha universitetida “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalariorqali mustahkam oila sari” mavzusida oʻquv-seminarboʻlib oʻtdi.
“Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Toshkentdagi Inha universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirdaOʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari, masʼul vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdi.
Seminar “Oila” markazi tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan yangi loyiha doirasida tashkil etildi. U zamonaviy AKT yordamida turli oilaviy muammolarga duch kelgan insonlarning bilimlarini oshirish va dunyoqarashini kengaytirishga yoʻnaltirilgan. Yangi texnologiyalarni qoʻllash koʻnikmalari ularga kerakli axborotni olish, ish qidirish, shuningdek, oʻz kuchiga ishonchni mustahkamlash va faol hayotiy pozitsiyani shakllantirishga yordam berishi kutilmoqda.
Mazkur oʻquv kurslarining dastlabki sinov loyihasi oʻtgan yilning mart-iyul oylarida Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanida muvaffaqiyatli amalga oshirilgan edi. Oʻshanda ogʻir hayotiy vaziyatlarga tushib qolgan qator oilalardan ishtirok etgan qizlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish boʻyicha boshlangʻich bilimlarga ega boʻldi, xususan, ular kelgusida ishga joylashishida yordam beruvchi kompyuter texnologiyalari boʻyicha oʻqitish dasturini oʻzlashtirdi.
Tadbir doirasida mazkur loyihaga tajribali murabbiylarni jalb qilish, mashgʻulot va metodik taʼminot mavzulari va dasturlarini ishlab chiqish masalalari boʻyicha fikr almashildi.
Seminar yakunida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan qizlargasertifikatlar topshirildi.