Poʻlat Saidqosimovning ahvoli ogʻirligicha qolmoqda

Avval xabar berganimizdek, Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida filmga tushayotgan taniqli aktyor, Oʻzbekiston xalq artisti Poʻlat Saidqosimovning toʻsatdan tobi qochib qoldi. Unga zarur tibbiy yordam koʻrsatilib, aniq tashxis qoʻyilib, vaqtida Toshkent shahriga Respublika shoshilinch tibbiy yordami ilmiy markaziga olib borilgan.
Bemorni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari, Respublika shoshilinch tibbiy yordami ilmiy markazi bosh direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor A.Xadjibayev koʻrikdan oʻtkazib, operatsiya amaliyotini amalga oshirgan. Operatsiya juda murakkab kechgani sababli uning davomiyligi 6 soat davom etgan.
Aniq berilgan maʼlumotlarga koʻra, P.Saidqosimovning ahvoli ogʻirligicha qolmoqda. Hozirda bemor Toshkent shahriga Respublika shoshilinch tibbiy yordami ilmiy markazining jonlantirish boʻlimida yotibdi. Malakali shifokorlar uning hayoti bilan kurashmoqda.

 

G.Boboyeva, OʻzA