Taʼlim muassasalaridagi mashgʻulotlar vaqtincha toʻxtatiladi

Ozarbayjonda noqulay ob-havo sharoiti tufayli17-18 yanvar kunlari taʼlim muassasalaridagi mashgʻulotlar vaqtinchalik toʻxtatiladi. Mamlakat taʼlim vaziri Jayhun Bayramov shu haqdagi buyruqni imzoladi, deyiladi mahkama matbuot markazi tarqatgan maʼlumotda. “BЕLTA-Trend” xabariga koʻra, avvalroq mamlakatda shimoli-gʻarbdan esuvchi shamolning tezligi sekundiga 20-25 metr boʻlishi, ayrim paytlarda 30-35 metrgacha yetishi aytilgan.
Dengiz perronlaridan 1 ming 700dan ortiq neftchilar koʻchirilgan.

 

OʻzA