Ozarbayjonliklar Oʻzbekistonning Xalq qabulxonalari tajribasiga qiziqish bildirdi

Ozarbayjon Respublikasidan tashrif buyurgan delegatsiya vakillari Oʻzbekistonda tashkil etilgan Xalq qabulxonalari tajribasiga qiziqmoqda.

Davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini yaratish va faoliyat yuritish, aholi bilan ishlashni yoʻlga qoʻyish, shuningdek, mazkur sohada innovatsion yondashuvlar bilan almashish maqsadida mamlakatimizga Ozarbayjon Respublikasi delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Ular Oʻzbekiston Adliya vazirligi va Davlat xizmatlari agentligi rahbariyati bilan muzokaralar olib borib, kelgusida istiqbolli rejalar haqida soʻz yuritishga, yaqinda ochilgan Buxoro shahar Davlat xizmatlari markazi misolida faoliyatni amaliyotda oʻrganishga, Markazga kelish imkoni boʻlmagan fuqarolar uchun yoʻlga qoʻyilgan sayyor “mobil” davlat xizmatlari bilan tanishishga ulgurdilar.

Keyingi manzil — Samarqand. Ushbu butun jahonga tanilgan shaharga tashrif Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov maqbarasini ziyorat qilib, ularning xotirasini shod etishdan boshlandi.

Tashrif davomida ozarbayjonlik hamkasblar Oʻzbekiston Respublikasi Xalq qabulxonalari tajribasiga qiziqish bildirishdi. Axir, ular chet ellik hamkasblarimiz orasida mashhur boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning sifat jihatidan yangi tizimni joriy etish uchun tashkil etilgan. Faoliyati esa xalq bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot oʻrnatib,uning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini toʻlaqonli himoya qilishga qaratilgan.

Shunday qilib, mazkur tashkilotning ishlash tamoyillari bilan tanishish maqsadida delegatlar uning Samarqand shahri boʻlimiga tashrif buyurdi. Samarqand viloyati Xalq qabulxonasi mudiri Shuhrat Uzakov bu yerda fuqarolar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar haqida aytib berdi. Shuningdek, uning taʼkidlashicha, ushbu muassasalarga amaldagi qonun hujjatlarini biladigan, fuqarolar bilan ishlash uchun yetarli tajribaga ega mutaxassislar jalb qilingan. Fuqarolarga qulay sharoit yaratish maqsadida, bugungi kunda mamlakatimiz boʻylab barpo etilayotgan zamonaviy Davlat xizmatlari markazlari bilan bir binoda Xalq qabulxonalari ham joylashadi. Barchasi, fuqarolar davlat xizmatlari sohasiga oid masalalarni bitta joyda hal etishi uchundir.

Tashrif doirasida. Ozarbayjonlik mehmonlar Temuriylar poytaxti yodgorliklari — Shohi-Zinda majmuasi, Temuriylarning Goʻri Amir maqbarasi, Registon maydoni va boshqalarni ziyorat qilishdi.

photo5330085377211476434.jpg

photo5330302436268681713.jpg
photo5330302436268681715.jpg

 

OʻzA