Xabaringiz bor, kecha “Real” Ispaniya kubogi 1/8 final javob bahsida oʻz maydonida “Leganes”ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Eʼtiborlisi, bu “qirollik klubi”ning mavsumdagi 10-magʻlubiyati boʻldi. Jamoa soʻnggi bor bunday holatga 2012/13 yilgi mavsumda tushgan edi. Oʻshanda Joze Mourino boshchiligidagi “Real” 11ta oʻyinda imkoniyatni boy bergan.
Biroq, mavsum endigina yarmiga kelganini inobatga olsak, Santyago Solari qoʻl ostidagi “Real” ushbu antirekordni yangilashi ehtimoli juda yuqori.
“Real” ayni damda La Ligada peshqadam “Barselona”dan 10 ochkoga ortda qolmoqda va musobaqa jadvalida 4-pogʻonani egallab turibdi.
Javohir Toshxoʻjayev, OʻzA