Qozogʻiston delegatsiyasi Samarqand shahrida oʻtkaziladigan vazirlar uchrashuvida ishtirok etadi

Qozogʻistonning rasmiy maʼlumotiga koʻra, joriy yilning 12 yanvar kuni Qozogʻiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Beybut Atamqulov boshchiligidagi delegatsiya tashrif bilan mamlakatimizga keladi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, tashrif dasturi doirasida delegatsiya 12-13 yanvar kunlari Samarqand shahrida Afgʻoniston ishtirokida oʻtadigan “Hindiston – Markaziy Osiyo” muloqotining tashqi siyosat idoralari rahbarlari bilan oʻtkaziladigan uchrashuvda ishtirok etadi.
Zuhra Mirzaboyeva, OʻzA