“Jentelmenlar” – tanlov gʻolibi

Nukus shahrida “Hazil maydoni” tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish va yosh avlodning intellektual salohiyatini yuksaltirish, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil etilgan tanlovda 16 jamoa bellashdi.
Yakunda Taxtakoʻpir tumanining “Jentelmenlar” jamoasi 1-oʻrinni egalladi. Keyingi oʻrinlarga Qoraoʻzak tumanining “Qoraoʻzak yoshlari” va Taxiatosh tumanining “New Texas” jamoalari munosib koʻrildi. Gʻoliblar kubok, diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
photo5312280006170356133.jpg
photo5312280006170356134.jpg

 

Maqsad Habibullayev (surat), OʻzA