Koʻngilda uygʻonish tuygʻularini kechira boshladik

MUNOSABAT
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majilisidagi nutqini bizlar, Qoraqalpoq davlat universiteti qoraqalpoq filologiyasi fakulteti professor-oʻqituvchilar jamoasi katta qiziqish bilan tingladik. Prezidentning nutqi yangi yil bayramiga bagʻishlangan faqat baland parvoz gaplar, koʻtarinki, qurgʻoq xushomadlar emas edi. Ular Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolarining barcha qatlamlarining (tadbirkorlarning, oddiy ishchilarning, ziyolilarning, olimlarning), barcha toifadagilarning (bolalar, yoshlar, pensionerlar, hattoki nogironlarning) manfaatlarini koʻzlaydigan, ularning turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan gaplar edi. Prezident oldimizda turgan oʻtkir masalalarni faqat bloklarga toʻplab, ularni taʼkidlab oʻtish bilan cheklanmadi. Har bir oʻtkir masalani koʻtarganda, uning ildizlarini ochib koʻrsatdi. Har bir masalaga aniq misollar, dalillar, raqamlar bilan yondoshdi, uning hal qilish yoʻllarini va qachon yechilishini aniq aytdi. Masalan, qurib ketayotgan Orol dengizi haqida aytganda, u odamlarga faqat taskin beradigan gaplar bilan chegaralangani yoʻq, balki Orol fojiasidan qutilish choralari shu yildanoq boshlab yuborilganini, yaʼni katta-katta maydonlarga saksovul va boshqa qumni, tuzni koʻchishini toʻxtatib qoladigan sahro oʻsimliklarini ekishni boshlab yuborilgani taʼkidladi. Prezident hammaning yuragida yurgan oʻtkir masalaning naqd yechimini aytdi.
Bizda oliy oʻquv yurtlari va bu sohaning xodimlarining turmush darajasini yaxshilash, sogʻliq va boshqa ijtimoiy masalalar toʻgʻrisida Prezidentimizning Oliy Majlis minbaridan turib aytganlari katta rozilik, minnatdorchilik tuygʻularini uygʻotdi.
Prezident yoʻl-yoʻriq koʻrsatgan ekan, endi uni bajarish bizdan. Har birimiz oʻzimizning ishimiz bilan, aql-tafakkurimiz, bilimimiz bilan, ruhiy kuch bilan koʻrsatilgan vazifa, talablarni bajarishga birlashsak, mamlakatimizning yanada rivojlanishiga, oldingi qatordagi davlatlar safiga qoʻshilishimizga shubha yoʻq.
Qurbanbay Jarimbetov, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti professori

 

O’zA