“Oʻzatom”-“Rosatom”: anglashuv memorandumi ijrosi taʼminlanmoqda

Avval xabar qilinganidek, Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi hududlararo hamkorlik I forumi doirasida mamlakatimizda birinchi atom elektr stansiyasi qurilishi loyihasiga start berildi.

Shunga muvofiq, “Oʻzatom” agentligi va “Rosatom” davlat korporatsiyasi oʻrtasida anglashuv memorandumi imzolandi. Unga koʻra, ommaviy axborot vositalari vakillarining atom energetikasi va yadro texnologiyalari borasidagi tushunchalarini oshirish maqsadida ular uchun oʻquv kurslarini tashkil etish, yadro-energetika texnologiyalari va boshqa qator sohalarga bagʻishlangan xalqaro anjuman va koʻrgazmalar uyushtirish koʻzda tutilgan.

Yaqinda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazining suratga olish guruhi aʼzolari Rossiya atom texnologiyalarini oʻrganish maqsadida Novovoronej atom elektr stansiyasida boʻlib qaytdi.

Oʻzbekistonda Rossiya texnologiyalari asosida VVER-1200 reaktorli atom elektr stansiyasini qurish boʻyicha loyihani amalga oshirish ishlari boshlangan. Novovoronej AES-2 Oʻzbekiston tomonidan referent (oʻxshash) Rossiya texnologiyalariga asoslangan loyiha sifatida tanlangan.

Markazning bosh prodyuseri Jahongir Abdurahmonovning taʼkidlashicha, Novovoronej atom elektr stansiyasihaqida maxsus reportaj yaratish va buning asosiy sababi esa atom elektr stansiyasi faoliyati, tartib va tamoyillari hamda xavfsizligi toʻgʻrisidaxalqimizga toʻliqroq maʼlumotlar berishga qaratilgan.

Ishtirokchilar NovovoronejAESi va atomchilar shahrida boʻlib, “3+” avlodiga mansub innovatsion energoblokning asosiy obyektlari bilan tanishishga muvaffaq boʻldi.

Press-tur doirasida Moskvadagi “Rusatom-Xalqaro tarmoq” kompaniyasi boshligʻi Aleksandr Merten, “Moskva muhandislik-fizika instituti” Milliy tadqiqot yardo universiteti rektori Mixail Strixanov, NovovoronejAES direktori Vladimir Povarov hamda soha mutaxassislari, shahar hokimiyati vakillari bilan uchrashuvlar uyushtirildi.

 

Nasiba Ziyodullayeva, OʻzA