Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining Markaziy koʻrgazmalar zalida akademik Nikolay Shin tavvaludining 90 yilligiga bagʻishlangan koʻrgazmaning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Nikolay Shin 1928-yil Uzoq Sharqda Naxodkadan uncha uzoq boʻlmagan Tudim posyolkasida tugʻilgan. 1937-yili koreyslarning ommaviy koʻchirilishi davrida Nikolay Shin Oʻzbekistonga keladi.

Boʻlajak rassom 1944-1948 yillarda P.P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtida oʻqiydi. Keyinchalik 1954-1960 yillarda Toshkent Teatr va rassomlik institutida tahsil oladi.

Shinning yoshlik yillari va shakllanish davri Ikkinchi jahon urush yillari oxirlariga toʻgʻri kelgan. Rassomning nuqtai nazarida, uning rangtasvir asarlari sharq ideografiyasi taʼsirida, badiiy uygʻunlikka hurmati genetik meros hisoblangan. Buddizmdagi sokinlik va dunyoviy sanʼatga mansublik hissini namoyish etadi. Rassomning zamondoshlari davrida sayohatlarga chiqish va “nosovet” rassomlari bilan aloqada boʻlish imkoniyati boʻlmagan. Ularga Renesansdan to impressionizmgacha boʻlgan klassik anʼanalarda taʼlim berilgan.

1957-yil Moskvada boʻlib oʻtgan Xalqaro yoshlar va talabalar festivali Nikolay Shinga birinchi va bosh mukofotni taqdim etdi. Yevropalik zamonaviy rassomlar uning ijodi bilan tanishdilar. Rassomning murosasiz shaxsiy badiiy manerasi – “yarim ton emas”, balki butun va kontrast ranglarda shakllandi. U ijodida oʻziga xos badiiy mazmunni shakllantirib yevropa anʼanaviy rangtasvirida mujassam etdi.

N.Shin 20 yildan ortiq vaqt davomida “Sevgi afsonasi” va “Rekviyem. Xotira yoʻli” rangtasvir turkumi ustida ijod qiladi. U oʻz chizgilarida sharq mumtoz sheʼriyati, maʼnaviy goʻzallik va muhabbat mavzularida rangning sezilar-sezilmasligi yoki choʻgʻdek yonishi, baʼzan quvonchli, yorqin koloriti, baʼzida esa toʻq, deyarli monoxrom – tasvirni shakllantirib gʻoyani ifodalab beradi.

Xuddi shu mavzu “Rekviyem. Xotira yoʻli” turkumi ramziy – metaforik obrazlar orqali, stalinizm davrini boshdan kechirgan koreys xalqining fojeali taqdirini chuqur ochib beradi. Turkumda 150 ga yaqin asar mavzusi turli koʻz qarashlarda ifodalagan. Bu asarlarda yaxlitlik va mahobatlilik fazilatlari mavjud. Rassom shartlilikka va shakllarning ekspressiyasiga eʼtibor qaratadi. Ranglarning nafisligi kuchli emotsional taʼsir koʻrsatadi.

N.Shin – romantik va abstrakt yoʻnalishda ijod qilgan rassom. Uning soʻnggi yillardagi asarlari belgili shakllarga asoslangan boʻlib kuchli ijobiy zaryadga ega. Yorqin ifodali abstrakt rangtasvir orqali N.Shin insonlar ongida murakkab ifodali tasavvur qoldiradi. Uning asarlari rassomning boy tasavvurida belgilar, rang, shakllarda barhayotdir.

Koʻrgazmada namoyish etilgan “Soʻqoq” turkumi – “Marvarid Soʻqoq madhiyasi” rassomning sara asarlardan biri hisoblanadi. Asar 1985 yilda boshlagan boʻlib, oʻzbek va koreys xalqlarining anʼanaviy xalq dekorativ amaliy sanʼati asosida yaratilgan. Ushbu turkumdagi asarlarda rassom soddalashtirilgan shartli shakllarga murojaat qilgan, uning manbalari anʼanaviy plastika, milliy matolar va kashtalarning naqshlarida koʻrish mumkin.

 

Gulnoza Boboyeva, OʻzA