Qirgʻizistondagi teatrlar Forumida Oʻzbekiston ham ishtirok etadi

Joriy yilning 12-17 noyabr kunlari Qirgʻiziston Respublikasida teatrlar Forumi boʻlib oʻtadi.
Joriy yilning 12-17 noyabr kunlari Qirgʻiziston Respublikasi Bishkek shahrida mashhur yozuvchi, adib Chingiz Aytmatovning asarlari asosida Forum tashkil etiladi. Unda Oʻzbekistondan Oʻzbek davlat drama teatri “Jamila” va Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri “Sohil boʻyida chopayotgan Olapar” qissasi asosida sahnalashtirilgan “Luvr oʻrdagi” nomli spektakllari bilan ishtirok etadi.

 

OʻzA