Toshkentda suv polosi boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati nihoyasiga yetdi

Poytaxtimizda suv polosi boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan VI Osiyo chempionati yakunlandi.
Musobaqaning soʻnggi kunida qizlarimiz Yaponiya terma jamoasiga qarshi bahs olib borishdi va 9:21 hisobida magʻlub boʻlishdi. Yigitlarimiz esa beshinchi turda xitoylik raqiblariga 8:17 hisobida imkoniyatni boy berishdi.
Soʻnggi kun natijalari:
 
Qizlar, 3-tur:
Yaponiya – Oʻzbekiston 21:9
Xitoy – Qozogʻiston 10:8
Oʻgʻil bolalar, 5-tur:
 
5-tur:
Oʻzbekiston – Xitoy 8:17
Qozogʻiston – Janubiy Koreya 7:9
Eron – Yaponiya 4:14.
Qizlar oʻrtasidagi bahslar yakuniga koʻra Xitoy va Yaponiya terma jamoalari kelasi yil boʻlib oʻtadigan jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritishdi:
1-oʻrin: Xitoy
2-oʻrin: Yaponiya
3-oʻrin: Qozogʻiston
4-oʻrin: Oʻzbekiston.
Yigitlar oʻrtasidagi bellashuvlarda esa Yaponiya, Xitoy hamda Eron terma jamoalari jahon birinchiligida qatnashadilar:
1-oʻrin: Yaponiya
2-oʻrin: Xitoy
3-oʻrin: Eron
4-oʻrin: Oʻzbekiston
5-oʻrin: Janubiy Koreya
6-oʻrin: Qozogʻiston.

 

O’zA