20 million dollarlik investitsion hamkorlik

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va Quvaytning “Al Amakin al-Alamiy” korporatsiyasi oʻrtasida 20 million dollar miqdorida investitsion hamkorlik toʻgʻrisida anglashuv memorandumi imzolandi.
Ushbu hujjatda mehmonxona va pansionatlar qurilishi sohasida hamkorlik qilish nazarda tutilgan.
Shu munosabat bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesida Quvaytning “Al Amakin al-Alamiy” korporatsiyasi rahbari Naser al Ajmi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi M. Yerniyazov mehmonni Qoraqalpogʻistonga tashrifi bilan qutlab, hududning geografik joylashuvi, xalqi, maʼmuriy boshqaruv tuzilishi, tabiiy boyliklari, shuningdek, Prezidentimiz tomonidan amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar bilan yaqindan tanishtirdi.
Oʻz navbatida “Al Amakin al-Alamiy” korporatsiyasi rahbari Naser al Ajmi samimiy qabul uchun Joʻqorgʻi Kenges Raisiga minnatdorlik bildirdi va turli sohalarda hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirdi.

 

Yesimxon Qanoatov, OʻzA