Konsertlar mavsumi boshlandi

Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida 2018/2019 yilgi konsertlar mavsumi boshlanishi oldidan ilk konsert dasturi namoyish etildi.

Jahon musiqa durdonalari, xor jamoalarining chiqishi, operadan iborat konsert dasturi tomoshabinlarga manzur boʻldi.

Konservatoriya qoshidagi Musiqali teatr studiyasi tomonidan tashkil etilgan tadbirga davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, sanʼat ixlosmandlari, yoshlar taklif etildi. Mazkur mavsum boshlanishi munosabati bilan tashkil etilgan konsert keyingi 2019-yil davomida Konservatoriyada boʻlib oʻtadigan musiqiy dasturlar uchun ramziy start maʼnosini anglatadi.

Konsert tafsilotlari saytimizda yoritiladi. Saytimizni kuzatib boring

 

OʻzA