2018-yilning yanvar – sentyabrida Oʻzbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsulot (YAIM) hajmi joriy narxlarda 244 343,7 mlrd. soʻmni tashkil etdi
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2018-yilning yanvar – sentyabrida Oʻzbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsulot (YAIM) hajmi joriy narxlarda 244 343,7 mlrd. soʻmni tashkil etdi va oʻtgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 5,2 foizga oʻsdi. YAIM deflyatori indeksi 2017 yilning yanvar – sentyabridagi narxlarga nisbatan 131,6 foizni tashkil etdi. Bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi maʼlum qildi.
Yanvar – sentyabrda YAIMning fizik hajmi va deflyatori indekslari dinamikasi quyidagi maʼlumotlar bilan ifodalanadi
(oʻtgan yilning mos davriga nisbatan, % da)
Aholi jon boshiga hisoblangan YAIM 7 433 soʻmni tashkil etdi va bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 3,5 foizga yuqoridir.
OʻzA