Hurmatli Bosh vazir Janobi Oliyalari!

London shahrida ko‘plab insonlar hayotiga zomin bo‘lgan terroristik hujumlar munosabati bilan chuqur ta’ziyamni qabul qilgaysiz.

Biz hech narsa bilan oqlab bo‘lmaydigan bu kabi g‘ayriinsoniy va vahshiyona hujumlarni keskin qoralaymiz hamda xalqaro hamjamiyat bilan birga ushbu jiddiy tahdidga qarshi murosasiz kurashni davom ettirishga tayyormiz.

Halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardligimni yetkazishingizni so‘rayman, jarohatlanganlarning barchasi tezroq sog‘ayib ketishini tilayman.

Qayg‘u bilan,

Shavkat Mirziyoyev,

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti