photo5291812837737474394.jpgBuyuk Britaniya parlamenti Lordlar palatasi aʼzosi (Lord Frederick Ponsonby) Lord Frederik Ponsonbi:

– Bizda ham aynan sizdagidek boʻlmasa ham mahallaga oʻxshash birlashmalar – ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tuzilmalari bor. Oilaviy masalalarga keladigan boʻlsak, ochigʻi, biz oʻta jiddiy vaziyatdagina uning ichki ishiga aralashamiz. Qachonki, farzandnarkotik modda qabul qilishni boshlagan boʻlsa, qonuniy yoʻl bilan ularga koʻmaklashishga harakat qilamiz.

Kecha shahringizdagi ikkita mahallada boʻldik. Anʼanaviy hamda zamonaviy mahallalar. Oʻsha yerning oʻzida bolalar oʻyingohlari, keksalar dam olish joylari, xullas, barchasi ajoyib! Biror muammo boʻlsa, yugurib mahallaga chiqar ekansiz. Mahalla maslakdosh ekan. Va, tabiiyki, mahalla faollari ham bu borada yordam beradi, boʻlmasa bunchalik totuv munosabat, mukammal tizim yaratilmas edi. Bu bizga biroz erish tuyulsa-da, haqiqatda bu xalqingizning yutugʻidir. Bu borada aynan Oʻzbekiston tajribasini dunyoga olib chiqishni taklif qilgan boʻlardim…

 

Mohigul Qosimova, OʻzA