Prezident Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon hamrohligida Tursunzoda shahriga yoʻl oldi.
Oliy martabali mehmon sharafiga Dushanbe – Tursunzoda yoʻli bayramona bezatilgan. Yoʻl boʻylariga Oʻzbekiston va Tojikiston bayroqlari, pannolar oʻrnatilgan. Shiorlarda ikki davlat rahbarlarining oqilona siyosati tufayli erishilgan mamlakatlarimiz oʻrtasidagi mustahkam doʻstlik va uning amaldagi samaralari aks etgan.
Tursunzoda shahrida davlatimiz rahbarini minglab jamoatchilik vakillari “Xush omaded” (Xush kelibsiz) deb alohida ehtirom bilan kutib oldi.
Alouddin Gʻafforov, OʻzA