Tojikistonda Oʻzbekiston kinosi kunlari boʻlib oʻtdi.
Dushanbe shahridagi “Qoʻhi Navroʻz“ anjumanlar majmuasi tarkibidagi “Navroʻz“ kinoteatrida “Oʻzbekkino“ milliy agentligi hamda tojikistonlik kino ustalari hamkorligida Oʻzbekiston kinosi kunlari muvaffaqiyatli oʻtkazildi.
Agentlik maʼlumotiga koʻra, 15-17 sentyabr kunlari Dushanbedagi bir qator kinoteatrlarda oʻzbek kinematograflarining “Baron“, “Sabot“, “Merosxoʻr“, “Oyqiz ertagi“ kabi kinofilmlari namoyish etildi.
“Oʻzbekkino“ milliy agentligi va “Tojikfilm“ kinostudiyasi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum imzolandi.
OʻzA