Spark R2 Optimum A/T xarid qilganga 1 million soʻm chegirma

Endi Spark R2 Optimum A/T avtomobilini xarid qilgan yoki kreditga olgan xaridor 1 000 000 soʻm chegirmaga ega boʻlishi mumkin.

Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “GM Uzbekistan” AJ dilerlik korxonalari bilan hamkorlikda maxsus aksiya yoʻlga qoʻymoqda. Endilikda siz “Spark” R2 Optimum A/T avtomobilini xarid qilib, faol dilerlik markazlari hamkorligida tashkil etilgan 1 000 000 soʻm chegirma koʻrinishidagi sovgʻaga ega boʻlasiz!

Aksiya 2018 yilning 26 sentyabridan 10 noyabriga qadar davom etadi.

Shuningdek, mazkur aksiya butun respublika boʻylab Spark R2 Optimum A/T avtomobilini imtiyozli kredit shartlarini taklif qilayotgan GM Uzbekistan kompaniyasining avtokreditlash boʻyicha rasmiy hamkori InfinBank tomonidan qoʻllab quvvatlanadi.

Spark R2 Optimum A/T avtomobili uchun imtiyozli avtokreditni quyidagi kredit shartlarida rasmiylashtirishingiz mumkin:

1) 10 % oldindan toʻlov amalga oshirilganda – 5 yilgacha muddatga – yillik 22 % ustama

2) 30 % oldindan toʻlov amalga oshirilganda – 3 yilgacha muddatga – yillik 20 % ustama

3) 3) 50 % oldindan toʻlov amalga oshirilganda – 2 yilgacha muddatga – yillik 19 % ustama

4) 60 % oldindan toʻlov amalga oshirilganda – 15 oygacha muddatga – yillik 18 % ustama

Infinbankʻning Sizga qulay boʻlgan filiali manzili haqidagi maʼlumotni Siz doim 71-202-50-60 Yagona aloqa markazi raqamlari orqali aniqlashingiz mumkin.

 

OʻzA