U-23 Osiyo chempionati - 2020 saralash bahslariga Oʻzbekiston mezbonlik qiladi

23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasida 2020-yil yanvar oyida boʻlib oʻtadigan Osiyo chempionatiga Tailand mezbonlik qiladi.
Xabaringiz bor, 2018-yilda boʻlib oʻtgan soʻnggi Osiyo chempionatida Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi chempionlikka erishgan edi.
Tailandda boʻlib oʻtadigan musobaqaning saralash bosqichi 2019-yilda oʻtkaziladi. OFK qaroriga koʻra, qurʼa tashlashdan soʻng Oʻzbekiston terma jamoasi bilan bir guruhdan joy oladigan jamoalar saralash bahslarini 18-26-mart kunlari Oʻzbekistonda oʻtkazishadi.
2020-yilning 8-26-yanvar kunlari Tailandda boʻlib oʻtadigan Osiyo chempionati U-23da oltin, kumush va bronza medallarini qoʻlga kiritgan jamoalar Tokio-2020 yozgi olimpiada oʻyinlariga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanma oladilar.

 

O’zA