Joriy yilning 26-27-sentyabr kunlari “Oʻzbekiston” xalqaro forumlar saroyida Igor Moiseyev nomidagi Davlat akademik xalq raqsi ansamblining konserti oʻtkazilishi kutilmoqda.
Oʻzbekiston Madaniyat vazirligi va Toshkent shahri hokimligi tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan konsert Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidamadaniy-gumanitar sohadagi aloqalarni yanada rivojlantirish, yurtdoshlarimiznijahon teatr va raqs sanʼatining yuksak namunalaridan bahramand boʻlishida muhim ahamiyat kasb etishi shubhasiz.
Yoshlar orasida ushbu sanʼat turlarinikeng targʻib qilishga qaratilgan konsert uchun chiptalar sanʼat ixlosmandlariga belgilangan tartibda yetkazib beriladi.
Saytimizda gastrol safari va konsert bilan bogʻliqbarcha tafsilotlar keng yoritib boriladi. Bizni kuzatishda davom eting!
OʻzA