Oʻzbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri navbatdagi 46-teatr mavsumini yangi premyera spektakl bilan keng jamoatchilik ishtirokida ochdi. Spektakl “Moya prekrasnaya ledi” deb nomlanadi.
Madaniyat vazirligi axborot xizmatining maʼlumotlariga koʻra, 2 pardali myuzikl, Bernard Shouning “Pigmalion” asariga asoslangan mazkur spektakl Rejissyor Ruslan Sherezdanov, sahnalashtiruvchi baletmeyster Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Feruza Isayeva, dirijyor “Doʻstlik” ordeni sohibi Dilshod Mutalov, sahnalashtiruvchi rassom Natalya Glubokinalar tomonidan tayyorlandi.
Spektakl voqealari Londonda boʻlib oʻtadi. Eliza Dulittl ismli oddiy gul sotuvchi qiz taqdir taqozosi bilan lingvistika boʻyicha professor Xiggins nazariga tushadi. Professor bir doʻsti bilan garov oʻynaydi. Gul sotuvchi qizga taʼlim tarbiya berib uni Lediga aylantirishga ont ichadi va u oʻz oldiga qoʻygan maqsadiga erishadi. Eliza nafosatli qizga aylanadi.
Spektaklda bosh rollarni teatr solistlari Oʻzbekiston xalq artisti Z.Solovey, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar F.Maksudov, S.Artыkov, solistlar D.Sherezdanova, V.Yuldashev, I.Buxaidze, N.Salixova, N.Baratova hamda teatrning xor va balet artistlari ijro etishgan.
OʻzA