5 sentyabr kuni mamlakatimizdagi barcha umumtaʼlim maktablarida yangi 2018/2019 oʻquv yili boshlandi.
Mamlakatimizda taʼlim sohasida olib borilayotganislohotlar oʻquvchilarning bilim olishga boʻlgan qiziqishi va ishtiyoqini tobora kuchaytirishga, oʻqituvchilik kasbining obroʻsini tiklash va oshirish qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Prezidentimizning 2018 yil 14 avgustda qabul qilgan “Yoshlarni maʼnaviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga taʼlim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bu boradagi amaliy ishlarda keng imkoniyatlarni ochmoqda.
Yangi oʻquv yilida pedagog xodimlarning ijtimoiy mavqei va nufuzini yuksaltirish, ularni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish, yuksak maʼnaviyatli, qatʼiyhayotiy pozitsiyaga ega, fidoyi va vatanparvar yoshlarni tarbiyalashga oid ishlarni davr ruhiga mos tarzda takomillashtirish, umumtaʼlim maktablari, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan maktablar, sanʼat va madaniyat, olimpiya zahiralari maktab-internatlari, akademik litseylar bitiruvchilariga aʼlo bilimi, namunali xulqi va jamoat ishlarida faolligi uchun oltin va kumush medallar taʼsis etildi.
Barcha taʼlim maskanlarida ilk saboq “Aziz va yagonamsan, jonajon Oʻzbekistonim!” shiori ostida oʻtkazilmoqda.Darslarda ona-Oʻzbekistonimiz, istiqlol, tinch va osoyishta kunlarimizning qadr-qimmati, yosh avlod istiqboli yoʻlida koʻrsatilayotgan betimsol eʼtiborningmohiyati oʻquvchilarga keng tushuntirilmoqda.