Nukus shahridagi “Turkiston” marosimlar binosida 2 sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bagʻishlab ehson dasturxoni yozildi.

Marosimda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi M.Yerniyazov qatnashdi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov xotirasi yod etilib, Qurʼon tilovat qilindi.
 
IMG_20180902_175655_083.jpg
Xalqimiz Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning barhayot nomini doimo hurmat va ehtirom bilan yodga oladi. Zero, bu ulugʻ inson yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi yoʻlida amalga oshirgan ishlar qadri vaqt oʻtgan sayin oshib boraveradi. U kishining ezgu ishlarini xalqimiz hech qachon unutmaydi.
IMG_20180902_175653_665.jpg
Tadbirda vazirlik va idoralar, keng jamoatchilik vakillari hamda nuroniylar ishtirok etdi.

 

Maqsad Habibullayev (surat), OʻzA