Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27 yilligi bayrami munosabati bilan poytaxtimiz Toshkent shahrida bayram tantanalari va xalq sayllari boʻlib oʻtadi.
Demak, 31-avgust kuni soat 15:00 dan 23:00 ga qadar quyidagi koʻchalarda transport vositalarining harakatlanishi vaqtincha toʻxtatiladi:
Amir Temur koʻchasi – Islom Karimov koʻchasidan Navoiy koʻchasigacha;
Buxoro koʻchasi – Taras Shevchenko koʻchasidan Amir Temur koʻchasigacha;
Islom Karimov koʻchasi — Taras Shevchenko koʻchasidan Amir Temur koʻchasigacha;
Matbuotchilar koʻchasi – Nuroniylar koʻchasidan Amir Temur xiyobonigacha;
Istiqlol koʻchasi – Zarafshon koʻchasidan Istiqbol xiyobonigacha;
Oloy koʻchasi – Shahrisabz koʻchasidan Istiqlol koʻchasigacha;
Mustaqillik koʻchasi – Shahrisabz koʻchasidan Amir Temur xiyobonigacha;
Mahtumquli koʻchasi — Shahrisabz koʻchasidan Amir Temur xiyobonigacha;
Istiqbol koʻchasi — Shahrisabz koʻchasidan Amir Temur xiyobonigacha;
Shuningdek, 1-sentabr kuni Xalqlar doʻstligi saroyi oldidagi maydonda bayram sayllarining oʻtkazilishi munosabati bilan soat 14:00 dan qoʻyidagi koʻchalarda transport vositalarining harakatlanishi vaqtincha cheklanadi:
Seul koʻchasining Bunyodkor koʻchasidan Furqat koʻchasigacha boʻlgan qismi
Bobur koʻchasining Oʻrikzor koʻchasidan Sharshara koʻchasigacha boʻlgan qismi
Furqat koʻchasining Sharshara koʻchasidan Islom Karimov koʻchasigacha boʻlgan qismi
Beshyogʻoch koʻchasining Furqat koʻchasidan Islom Karimov koʻchasigacha boʻlgan qismi
Karimov koʻchasining Sh.Rashidov koʻchasidan Qoratosh koʻchasigacha boʻlgan qismi
Afrosiyob koʻchasining Sh. Rashidov koʻchasidan Islom Karimov koʻchasigacha boʻlgan qismi
Chilonzor koʻchasining Muqumiy koʻchasidan Novza koʻchasigacha boʻlgan qismi
Novza koʻchasining Chilonzor koʻchasidan Bunyodkor koʻchasigacha boʻlgan qismi
Soat 18:00dan esa:
– Baynalminal koʻchasining Bunyodkor koʻchasidan Muqumiy koʻchasigacha boʻlgan qismi
– I. Karimov koʻchasining Beshyogʻoch koʻchasidan Sharof Rashidov koʻchasigacha boʻlgan qismida transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.
Poytaxtimiz aholisi hamda mehmonlari uchun qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida shahrimizning qator koʻchalarida avtoturargohlar tashkil etilib, mushakbozlikni tomosha qilish istagida boʻlganlar uchun maxsus avtobus qatnovlari yoʻlga qoʻyiladi.
Avtotransport vositalarini qoldirish mumkin boʻlgan koʻchalar roʻyxati bilan tanishing:
-Olmazor koʻchasining Navoiy koʻchasidan I.Karimov koʻchasigacha boʻlgan qismida;
– I.Karimov koʻchasining Olmazor koʻchasidan Beshyogʻoch koʻchasigacha boʻlgan qismida;
– Qoratosh koʻchasining Samarqand darvoza koʻchasidan Bunyodkor koʻchasigacha boʻlgan qismida;
– Bratislava koʻchasining Shota Rustaveli koʻchasidan Bobur koʻchasigacha boʻlgan qisimda;
– Bobur koʻchasining Shota Rustaveli koʻchasidan Furqat koʻchasigacha boʻlgan qismida;
– Baynalminal koʻchasining Oqtepa maydonidan Bunyodkor koʻchasigacha boʻlgan qismida.
Maxsus jamoat transportlari yaʼni avtobuslarning quyidagi koʻchalarda bepul harakati yoʻlga qoʻyiladi:
– Bobur koʻchasining Shota Rustaveli koʻchasidan Sharshara koʻchasigacha boʻlgan qismida;
– I.Karimov koʻchasining Olmazor koʻchasidan Furqat koʻchasigacha boʻlgan qismida;
– Qoratosh koʻchasining Samarqand darvoza koʻchasidan Bunyodkor koʻchasigacha boʻlgan qismida;
– hamda Furqat koʻchasining Navoiy koʻchasidan I.Karimov koʻchasigacha boʻlgan qismida.
Shuningdek, mushakbozlikni Siz poytaxtimizdagi 11 ta madaniyat va istirohat bogʻlaridan tomosha qilishingiz mumkin boʻladi. Bular: Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qodiriy, Bobur, Mirzo Ulugʻbek va Furqat nomidagi hamda “Lokomotiv-Anhor”, “Ashxobod”, “Quyoshcha nuri”, “Bogʻishamol”, “Doʻstlik” va “Grin Park” bogʻlari, Toshkent hayvonot bogʻi, shuningdek “MEGA PLANET” savdo-koʻngilochar majmuasi hamda Respublika Baynalmilal madaniyat markazi oldidagi maydonlar.
Ushbu maskanlarda 1-4-sentabr kunlari xalq bayram sayllari ham oʻtkaziladi. Hurmatli haydovchilar! Bayram sayllari kunlarida imkon qadar jamoat transporti xizmatlaridan foydalanishingizni tavsiya qilamiz.