Shuxrat Akmalovich Yovqochev Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining rektori etib tayinlandi.
Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.
Eslatib oʻtamiz, Akademiya Qurʼon ilmi, hadis, islom huquqi, aqida, tasavvuf, islom iqtisodiyoti va moliyasi, xalqaro munosabatlar, xorijiy tillar va boshqa xalqaro miqyosda ehtiyoj mavjud boʻlgan sohalar boʻyicha yuqori malakali kadrlar tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida tashkil etilgan.
OʻzA