ONLAYN. “Yillar davomida mutasaddilarda “buz”, “olib qoʻy”, “qur” kayfiyati davom etib kelgan”

Ayni paytda Xalqaro press-klubda “Toshkent: investitsiyaviy muhit, sarmoyadorlar ishonchi va muammolar tahlili” mavzusiga bagʻishlangan anjuman davom etmoqda.
Avval xabar berganimizdek, tadbirda Toshkent shahar hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Jahongir Artikxodjayev ham qatnashmoqda. U oʻz soʻzida “Yillar davomida mutasaddilarda “buz”, “olib qoʻy”, “qur” kayfiyati davom etib kelgan. Odamlarga nisbatan qoʻpol muomilalar ham kuzatiladi. Biz ularni oʻzgartirish uchun harakat qilmoqdamiz. Agar mutasaddilar uylari buzilishga tushgan odamlarga qoʻpol muomila qilsa, fuqarolar shu zahoti hokimiyatga murojaat qilishlarini soʻrayman”, dedi J.Artikxujayev.
Shuningdek, anjumanda, 8 oy mobaynida Toshkentda 140 mln. AQSH dollarlik investitsiya kiritilgani, hozirda 3800 ta investor roʻyxatdan oʻtgani, ayni paytda ulardan 500 tasi faoliyat yuritmayotgani taʼkidlandi.

 

OʻzA