Muhtaram Prezident janoblari!
Sizga Jahon banki va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida oʻzaro ishonchga asoslangan muloqot va konstruktiv sheriklik yoʻlga qoʻyilgani uchun samimiy minnatdorlik bildirishga ijozat bergaysiz.
Sizning shu yil may oyida Vashingtonga tashrifingiz davomida boʻlib oʻtgan samarali uchrashuvdan buyon biz oʻzaro hamkorlikning koʻplab yoʻnalishlari boʻyicha sezilarli muvaffaqiyatlarga erishdik.
Jahon banki guruhi ekspertlari Oʻzbekiston hukumatiga eng muhim masalalar, jumladan, energetika tarmogʻini isloh qilish, soliq va savdo siyosatini takomillashtirish, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish, maktabgacha taʻlimni rivojlantirish, Iqtisodiy kengashni tashkil etish va boshqa sohalar boʻyicha koʻmaklashish maqsadida mamlakatingizga muntazam ravishda tashrif buyurmoqda.
Yaqin hamkorlik amalga oshirilmoqda va umumiy qiymati qariyb 1 milliard dollarlik 8 ta qoʻshimcha loyiha tayyorlanmoqda. Bu loyihalar iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha yangi loyihalarni hamda qishloq joylarda aholining hayot darajasi va sifatini oshirishga qaratilgan “Obod qishloq” dasturini qoʻllab-quvvatlashni ham qamrab oladi.
Men Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan oʻzgarishlarning surʻati, miqyosi va koʻlamidan hanuz chuqur taassurotdaman. Inson kapitalini rivojlantirish boʻyicha loyihamizning dastlabki bosqichlaridaOʻzbekistonning ishtirok etishiga imkoniyat yaratilgani uchun ham Sizga samimiy minnatdorlik bildirishga ijozat bergaysiz. Bizning bu boradagi ishlarimizga davlat rahbari sifatida Siz ham qoʻshilasiz, deb umid qilaman.
Oʻzbekistonga taklif qilganingiz uchun Sizdan gʻoyat minnatdorman va yaqin fursatda mamlakatingizga kelishdan umidvorman.