Tabobat rivojlanishi insoniyat hayotini tubdan o‘zgartirmoqda. Zamonaviy texnologiya, yangi dori-darmon va innovatsion tibbiy usullar xastalikni aniqlash, davolash va muammolarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Afsuski, taraqqiyot bilan birga kasalliklar soni ham ko‘paymoqda.
So‘nggi yillarda tibbiyot bir necha asosiy yo‘nalishda jadal rivojlandi.
Genetika va Genomika. Genetik tadqiqot orqali kasallik sababi aniqlanmoqda. Genomik ma’lumotdan foydalanib, shaxsga mos davolash usuli ishlab chiqilmoqda.
Samarali dori-darmon. Yangi, xususan biologiya texnologiyasi asosida yaratilgan dori vositalari turli murakkab xastaliklarni davolashda muvaffaqiyatli natija bermoqda.
Telemeditsina. Masofaviy tibbiy xizmat orqali bemorni tezkor tekshirish va zarur maslahat berish imkoniyati kengaydi.
Sun’iy intellekt. Tibbiyotda sun’iy intellektdan foydalanish tashxis jarayonini soddalashtirib, noaniq holatlarni aniqlashda yordam beradi.
Erishilayotgan yutuqlarga ters o‘laroq, urchib borayotgan kasalliklarning paydo bo‘lishini mutaxassislar qator omillar bilan bog‘laydi.
Atrof-muhit ifloslanishi. Iqlim o‘zgarishi, ko‘payib borayotgan sanoat chiqindisi va kimyoviy moddalar inson salomatligiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Urbanizatsiya. Shahar noqulay joylashgan va aholi zichligi yuqori manzillarda yuqumli kasalliklar tarqalish xavfi ortadi.
Yosh guruhi o‘zgarishi. Global miqyos kasb etgan aholi qarishi bilan bog‘liq surunkali kasalliklar, masalan yurak-qon tomir kasalliklari keskin ko‘paymoqda.
Globalizatsiya. Insonlarning dunyo miqyosida o‘zaro almashinuvi kuchayishi yuqumli xastaliklar tarqalishini osonlashtirmoqda.
Aksil biotiklarga chidamli mitti zararkunandalar. Aksil biotikdan noto‘g‘ri foydalanish mikroblar chidamliligini oshirib, yangidan zararlanishga olib keladi.
Xullas, tibbiyot rivoji oson va samarali davolash usullarini ko‘paytirsa-da, to‘laqonli sog‘lom turmush tarzini yarata olmaydi. Kasallik tarqalishining oldini olishga samarali yondashuv zarur. Faqat bilimni kengaytirib emas, balki nazariyani amaliyotga tatbiq etgan holda kelajak avlod uchun sog‘lom muhit yaratishga intilish lozim.
Musulmon Ziyo, O‘zA