FOTOREPORTAJ

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti qoshidagi axborot-resurs markazida talaba-yoshlar va kitobxonlarga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun barcha sharoit yaratilgan.

Markaz badiiy, ilmiy va xorijiy tillardagi adabiyotlarga boy bo‘lib, umumiy kitob fondi 16 ming 617 nomdagi 179 ming 830 dan ziyod kitobni tashkil qiladi. Hozirda markazga a’zo bo‘lgan kitobxonlar soni 13 ming 700 ga yaqin.  Ro‘yxatdan o‘tish, elektron katalogdan foydalanish, o‘quv va kompyuter zallari doim talabalar va ilmiy izlanuvchilar bilan gavjum.

Talaba-yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini oshirish va uni keng turda targ‘ib qilish maqsadida axborot-resurs markazida “Kitobsevarlar klubi” tashkil qilingan. Bu yerda klub a’zolari va axborot-resurs markazi jamoasi hamkorligida yozuvchi va shoirlar, professor-o‘qituvchilar, tarixchilar ishtirokida badiiy kechalar, ilmiy-amaliy anjumanlar, yangi kitoblar taqdimotlari, kitoblar ko‘rgazmalari va ko‘rik-tanlovlar doimiy tashkil etiladi.

Markaz xodimlari fondga to‘plangan adabiyotlarning elektron nusxasini “Elektron kutubxona” platformasiga joylashtirish ishlarini ham izchil olib bormoqda.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA