FOTOREPORTAJ

“Nukus dehqon bozori” aksiyadorlik jamiyati Yangi yil bayrami oldidan  shahar aholisini  sifatli, arzon va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari  bilan ta’minlash  maqsadida «Arzonlashtirilgan  savdo yarmarkasi»ni tashkil etdi.

Yarmarkada  34 turdagi  qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari  savdosi yo‘lga qo‘yilgan.

Zaxira bazasini doimiy ta’minlash  uchun yarmarka faoliyatiga respublika hududidagi 44 ta ishlab chiqarish korxonasi va fermer xo‘jaliklari biriktirilgan. Ular yetkazib berayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi va narx-navoning  barqarorligini ta’minlash borasida  O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish  departamenti  Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, shahar hokimligi va yana bir qator tegishli organlar hamkorligida amalga oshirilmoqda.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA