Biznes-ombudsman Fransiya poytaxti Parij shahrida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT)ning biznesda halollik bo‘yicha mintaqaviy tarmog‘i yig‘ilishida ishtirok etdi.
Yig‘ilishda 400 dan ortiq vakillar, jumladan, xalqaro tashkilotlar, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, IHTT va Jahon banki, Biznes-ombudsman institutlari, korrupsiyaga qarshi kurashish tarmog‘iga a’zo mamlakatlarning davlat muassasalari, Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo mamlakatlaridan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi yetakchi ekspertlar qatnashdi.
Xalqaro tadbirda Biznes-ombudsman Dilmurod Qosimov O‘zbekistonda biznes yuritishning halol standartlarini joriy etish va tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha ma’ruza qildi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA