Chexiyalik 42 yoshli sayyoh Misrdagi Qizil dengiz bo‘ylarida akula hujumidan qurbon bo‘ldi. Bu 2015-yildan keyingi birinchi hodisa, deb xabar beradi ishonchli axborot agentliklari.
Sayyoh juma kuni akula qurboni bo‘lganligini Chexiya TIV vazirligi tasdiqladi. Mahalliy axborot agentliklarining xabar berishicha marhumning tana qoldiqlari qirg‘oqqa chiqib qolgan. U oilasi bilan taniqli va ommabop dam olish maskaniga kelgan edi. Xabar qilinishicha marhumning oilasi yurtiga qaytgan va mana besh kunki uy egasining jasadini keltirilishini kutmoqda. “Marsa Alam“ mehmonxonasi ma’murining xabar berishicha, dengizda hech qanday cheklovlarsiz cho‘milishga ruxsat beriladi.
Ta’kidlash kerakki, Misr tarixida bu kabi voqealar ko‘p kuzatilmaydi. Xuddi shunday voqea 2015 yilda ro‘y bergan edi. Unda akulalar germaniyalik ayolga hujum qilgan. 2010 yilda Misrda bir haftada akulalar 5 ta sayyohga hujum qilgan va ularning bittasi halok bo‘lgan.

 

Dilobar Mamatova, O‘zA