Kuala Lumpurdagi OFK qarorgohida futzal bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi Osiyo kubogi saralash bahslari uchun qur’a tashlash marosimi yakuniga yetdi.
Qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi “S” guruhida Turkmaniston, Avstraliya, Filippin va Quvaytga qarshi o‘ynaydi.
Aytish lozim, 4 ta guruhda dastlabki ikki o‘rinni egallagan 8 ta jamoa Osiyo kubogiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. Yana bir yo‘llanma guruhlarda 3-o‘rinni egallagan jamoalar orasida eng yaxshi ko‘rsatkichga ega chiqqan terma jamoaga nasib etadi.
Eslatib o‘tamiz, Osiyo kubogi final bosqichida 12 ta jamoa ishtirok etadi. Saralash bahslarida omadga erishgan 9 ta jamoa qatoridan mezbonlik maqomidagi Xitoy, amaldagi Osiyo chempioni Eron va Osiyo vitse-chempioni Yaponiya joy egallaydi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA