Nukusda “Yagonasan, muqaddas Vatan!” ko‘rik-tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda 45 nafar ishtirokchi milliy qadriyatlarimiz, tinch va osuda hayotimiz, xalqimizning bunyodkorlik fazilatlarini, go‘zal tabiatimiz, istiqlol yillarida erishgan ulkan yutiqlarimizni tarannum etgan, yoshlarning qalbida Vatan tuyg‘usini yuksaltirish, ularning ezgu orzu-umidlarini aks ettirishga qaratilgan kuy-qo‘shiqlar ijro etdi.
Amudaryo tumanidan Shahnoza Matsapayeva “Vatan” nomli qo‘shig‘i bilan 1-o‘rinni egalladi va tanlovning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi.
Maqsad Habibullayev (surat) O‘zA