RUHIYAT OSMONI

Yassaviylik tariqatining asoslari “Faqrnoma” (ayrimlar Yassaviyga nisbat beradilar), “Maslakul-orifin”, “Lama’ot”, “Samaratul-mashoyix”, “Javohirul-abror” kabi manqaba va risolalarda aks etgan.
 
342.jpg
Ahmad Yassaviy ilk turk mutasavvifi, yassaviylik (jahriylik) tariqatining asoschisi, orifona she’riyat boshlovchisi. XI asrning so‘ngida Turkistonning Yassi (ayrim manbalarda Sayram) qishlog‘ida Shayx Ibrohim oilasida tug‘ilgan. Shayx Arslonbobdan ta’lim olgan. Buxoroda Yusuf Hamadoniyga uchinchi xalfa bo‘lgan, shayxlikni Hamadoniyning to‘rtinchi xalfasi Abduxoliq G‘ijduvoniyga topshirib, Yassiga qaytgan. Oltmish uch yoshida chillaxona qazdirib, “buyuk turk piri olamdan etakni silkkan” (Alisher Navoiy).
Yassaviylik tariqatining asoslari “Faqrnoma” (ayrimlar Yassaviyga nisbat beradilar), “Maslakul-orifin”, “Lama’ot”, “Samaratul-mashoyix”, “Javohirul-abror” kabi manqaba va risolalarda aks etgan.
“Devoni hikmat” kitob shogirdlari tomonidan tartib berilgan. Unda ilohiy ishq g‘oyasi va ma’rifiy mazmun yetakchilik qiladi.
hodga-ahmet-yassaviy.jpg
AHMAD YASSAVIY
Qaro otiga minmaguncha, qaro ko‘rmas,
Qaro lochin qo‘nmaguncha, sirni ko‘rmas.
Sirni ko‘rgon oriflari munda turmas,
Sahar vaqtda jonni qiynab turung, do‘stlar.
Qaro lochin qayrilibon qanot qoqar,
Oshiq uldur, tan-jonini o‘tqa yoqar.
Piri mug‘on nazar qilib anga boqar,
Shunqor yanglig‘ qanot qoqib uchar, do‘stlar.
Davlat yanglig‘ shunqor qushi kimga qo‘nar,
Lochin yanglig‘ halqa ichra o‘zin urar.
Jonni qushi parvoz qilib hozir turar,
Hozir bo‘lub tavba qilib yurung, do‘stlar.
Ayo do‘stlar, oxir bo‘ldi zamonamiz,
Hech qolmadi bu dunyoda nishonamiz.
Xabar berdi “aduvvan” deb jononamiz,
Alloh zikrin tinmay oytib yurung, do‘stlar.
Ro‘zi “nahnu qasamno”da ulush berdi,
Ulush olg‘on bandalari yo‘lg‘a kirdi.
Sham’in ko‘rub parvonadek o‘zin urdi,
Jonni jong‘a payvand qilib yurung, do‘stlar.
Haq rasulning oyg‘onlari keldi, bo‘lg‘oy,
Oxir zamon nishonasi bo‘ldi, bo‘lg‘oy.
Fisqu fasod dunyo ichra to‘ldi, bo‘lg‘oy,
Turluk-turluk da’vo ishni ko‘rung, do‘stlar .
27
Olimni tutqil izzat, qilg‘il ikrom,
Olimni Qur’on ichra o‘gor, do‘stlar.
Olimlar ochor jumla mushkulotni,
Johillar jahlini kim to‘kor, do‘stlar.
Haq-nohaq(ni) bayonini olim bilur,
Halol-harom farqin omi qoydin bilur?!
Olimlardin omilar ko‘b foyda olur,
Bu dunyoda yaxshi otin qo‘llar, do‘stlar.
Johil avom olim so‘zin hech tinglamas,
Tekma johil o‘zini hech o‘nglamas.
Olimni Alloh omig‘a teng aylamas,
Har olim yuz ming omig‘a yetor, do‘stlar.
Bo‘lmasa olim avom nega yaror,
Qilmas erdi yeru ko‘k, olam qaror.
Qilmishi uchun olim yozuq ko‘ror,
Ko‘k tabo oshmas yerda turor, do‘stlar.
Dinu dunyo olim bilan bo‘lur hosil,
Ibodat qilsa qabul, Haqqa vosil.
E’tiqod qil, kerak bo‘lsa arig‘ nasl,
Chin oshiq bir so‘zga bosh egor, do‘stlar.
Avom tandur olim erur tanda jontek,
Shoh Husayn bo‘lsa olim kerak ham tek,
Insu jinda olim-malak omi jintek,
Tutmangiz ishkal zinhor inkor, do‘stlar.
Olimlarni xor ko‘rmak ermas ravo,
Xor ko‘rmagoy ul ham yana yer-ko‘k, havo.
Nechakim faqir, miskin ul benavo,
Olimni xor ko‘rmangiz zinhor, do‘stlar.
Olimni xor ko‘rsa ul kufru nifoq,
Nass hadis bor insu jin bil-ittifoq,
Olimni suygon mo‘min yuzi offoq,
Savoli yo‘q yozuqidin inkor, do‘stlar.
Xoja Ahmadga ilhom berdi oysun teyu,
(Har) olimni e’zozini bilsun teyu,
Har kim bilsa, muni amal qilsun teyu,
Olim izzatin qilg‘on jannat kiror, do‘stlar.

 

Ozoda Bekmurodova tayyorladi