Toshkentda “Muharrir” nashriyotida “Xirmani suxan” (“So‘z xirmoni”) nomli kitob nashrdan chiqdi.

Mazkur kitob iqtidorli adib va tarjimon Yunusi Imomnazarning o‘zbek adiblarining tanlangan qissa va hikoyalari asosida tayyorlagan navbatdagi – uchinchi kitobidir.

Kitobdan Mirkarim Osimning tarixiy qissalari, Xurshid Do‘stmuhammad, Abdusaid Ko‘chimov, Erkin Usmon, Orziqul Ergash, Normurod Norqobilov, Abudujalol Rahimov, Shoyim Bo‘tayev, Abduqayum Yo‘ldoshev, Isajon Sulton kabi adiblarning eng sara hikoyalari o‘rin olgan.

Yunusi Imomnazarning sa’y-harakati evaziga dunyoga kelgan ushbu kitob tojik o‘quvchilarining ham ko‘ngil mulkiga aylanib qolishiga  shubha yo‘q.

O‘zA