«Toshkent-AERO» Ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksining «Avia yuklar« TIF bojxona postida BMTning Giyohvandlik vositalari va jinoyatchilik boshqarmasi va Jahon bojxona tashkiloti hamkorligida «Konteynerda tashuvlar nazorati» global loyihasi doirasida amaliy seminar o‘tkazildi.

Jahon bojxona tashkilotining xalqaro eksperti Muhammad Al-G‘arabex tomonidan ishtirokchilarga aviayuklar bo‘yicha xalqaro qonunchilikdagi yangiliklar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Shuningdek, yuklar tavsifi, tijorat hujjatlarini o‘rganish, avia konteynerlarda tovarlarni yashirish usullari, xavflarni baholash, giyohvand vositalarni tashish yo‘nalishlari kabi mavzularda yangi bilimlar  berildi, xalqaro tajriba bilan o‘rtoqlashildi.

 

Sh.Mamaturopova,

O‘zA