Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan o‘tkazilayotgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining tushumi 3-yil davomida Xorazmning o‘zida qoldiriladi.

Sayyohlarga bir yil davomida cheklovsiz Xorazmga kirish uchun “O‘zbekiston – mening ikkinchi uyim” viza tizimi joriy qilinadi.

Shu bilan birga, qator tumanlarda mehmonxonalar yetishmasligi qayd etildi.

Endilikda mehmonxona va dam olish maskanlarini qurish, mavjud o‘rinlarni ko‘paytirish uchun 7-yilga 2-yil imtiyozli davr bilan 18 foiz stavkada kreditlar beriladi.

O‘zA