“O‘zbekinvest” mutaxassislari yaponiyada bo‘ldi“O‘zbekinvest” milliy sug‘urta kompaniyasi mutaxassislari Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) tomonidan “Biznes rahbarlari malakasini oshirish” dasturi bo‘yicha Tokio shahrida malaka oshirish kursida ishtirok etdi.

Ma’lumki, dunyo sug‘urta bozorida kuzatilayotgan innovatsion tajribalarni o‘rganish, ilg‘or yangiliklarni amalaiyotga joriy etish, xalqaro sug‘urta bozorida o‘z o‘rni va mavqeini mustahkamlash sug‘urta kompaniyalaridan eng zamonaviy yondashuvlarni talab qilmoqda. “O‘zbekinvest” milliy sug‘urta kompaniyasi ham ayni shu talablardan kelib chiqqan holda xorijiy oliyaviy tashkilotlar bilan bilan doimiy hamkorlik qilib kelayotir va chet davlatlardagi eng yuksak va samarali tajribalarni yaqindan o‘rganishga intilmoqda.

2.jpg

Kunchiqar mamlakatda o‘n kun davomida o‘tkazilgan seminarlar har tomonlama natijadorligi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Malaka darslarida Yaponiyaning konsalting, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida faoliyat yurituvchi mutaxassislari tomonidan amaliy marketingni joriy etish, chakana savdo hajmini oshirish, muammolarni aniqlash va hal etish usullari bo‘yicha ishtirokchilarga batafsil ma’lumot berildi. O‘z navbatida O‘zbekinvest” kompaniyasi faoliyatiga doir taqdimot ham Yaponiya sug‘urta bozori vakillarida unutilmas taassurot qoldirdi. Bundan tashqari, malaka oshirish kursi ishtirokchilari FANCL, TANITA va “Cocokara Fine” kompaniyalari ish tajribasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tanishish imkonyatiga ega bo‘ldi.

Shubhasizki, jahon sug‘urta bozorini yaqindan tadqiq qilishga yo‘naltirilgan bunday tadbirlar mamlaktimizda iqtisodiy barqarorligini yanada mustahkamlashga sahoga doir so‘nggi yutuqlardan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanish qayta sug‘urtalash borasida xalqaro hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi.

 

Shavkat Tohirov, O‘zA