Davlatimiz rahbarining 2021 yil 9 avgustdagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini yanada takomillashtirishga xizmat qilmoqda.
Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetidan 825 million co‘m mablag‘ ajratilib, Nukus shahrida ro‘yxatda turgan, uy-joyga muhtoj 6 nafar yoshga barcha qulaylikka ega yangi uylar berildi. Bundan tashqari, “Mehr daftari” jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratilib, qo‘shimcha 2 nafar yoshni uy-joy bilan ta’minlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Yangi yil bayrami arafasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi A.Orinbayev 6 nafar yoshga yangi uy-joylarning kalitlarini topshirdi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri