O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish va ekologiya masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Batir Matmuratov 1-darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
B.Matmuratov 1960 yili Nukus shahrida tug‘ilgan. Mutaxassisligi bo‘yicha huquqshunos, iqtisodchi. Mehnat faoliyatini 1982 yilda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida Huquqshunoslik kafedrasida o‘qituvchilikdan boshlagan. Bundan keyin fakultet dekani, universitet prorektori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi lavozimlarida ishlagan.
2021 yili “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan. 2018 yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan unga “Xalqparvar senator” maqomi berilgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Xalq deputatlari Nukus shahar va To‘rtko‘l tuman Kengashlari deputati bo‘lib saylangan.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri