FOTOREPORTAJ
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, kompozitor Qurbonboy Zaretdinov hamda Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Kenesboy Rahmonov hammuallifligida “Yedigey-To‘xtamish-Amir Temur» operasi premerasi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tarixiy mavzudagi operani rejissyor, Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Marqaboy Usenov sahnalashtirgan.
Premerada keng jamoatchilik vakillari, madaniyat va san’at sohasi xodimlari, talaba va o‘quvchi-yoshlar hamda teatr ixlosmandlari ishtirok etdi. Operadagi betakror sahna ko‘rinishlari, yoqimli musiqa va ariyalar barchada unutilmas taassurotlar qoldirdi.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA