2023-yil 23-24 noyabr kunlari Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat musiqali akademik teatrida Òzbekiston va Qoraqalpogʻiston Respublikalarida xizmat ko’rsatgan madaniyat va san’at  arbobi, Berdaq nomidagi davlat  mukofoti sovrindori Q.Zaretdinov va Libretto muallifi Qoraqalpogʻiston xalq shoiri  Berdaq nomidagi davlat mukofoti laureati K.Rahmanovning “Edige-To’xtamish-Amir Temur” nomli tarixiy operasining premyerasi bolib o’tdi.

Operani sahnalashtrgan rejissyor Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan artist M.Usenov.

Spektaklda asosan 1376-1390 yillardagi To’xtamish va sohibqiron o’rtasidagi  Qunduzcha jangigacha bo’lgan voqealar ya’ni Oq o’rda hukmdori Urusxon qatl etilganidan keyin To’xtamish Amir Temurning huzuriga kelishi va sohibqironning beg’araz madadidan foydalanib Oltin o’rda taxtini qo’lga kiritishi, keyinchalik Amir Temurning ishonchini suistemol qilib Amir Temur tomonidan quvg’in qilinishi sahnalashtirildi.


Sahnalashtirilgan operada barcha aktyorlar rolini o’z maromiga yetqazib ijro etganini va hatto dizaynerning o’sha muhitdagi barcha voqealarni tasvirlash uchun qilgan say harakatlari; aktyorlar kiyimi sahnadagi muhit taqsinga sazovor.

Opera tomoshabinlar tоmonidan  yaxshi kutib olindi.

Zafar Azimov,

QMU Jurnalistika mutaxassisligi 3-bosqich talabasi.

Qoraqalpog’iston axborot agentligi