Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida vatanimiz bayrog‘i qabul qilinganligining 32 yilligiga bag‘ishlangan “Muqaddasdir Vatan bayrog‘i!” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda filial direktori, biologiya fanlari doktori, professor A.Yesimbetov, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti dotsenti, yuridik fanlari nomzodi X.Kabulov, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti dotsenti, Nukus shahar kengashi deputati R.Quttimuratova ishtirokchilarni bayrog‘imiz qabul qilingan kun bilan qutladi.

Tadbir ishtirokchilari davlatimiz ramzlari qabul qilingan sana nafaqat tarixga, qalblarga ham muhrlanganligi, musaffo osmonimizda bayrog‘imizning hilpirab turishi barchaga g‘urur bag‘ishlashi hakida so‘z yuritdi.

Shuningdek, talaba yoshlar qalbida davlat ramzlariga hurmat tuyg‘usini yanada oshirish va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida insholar va plakatlar танлови ham o‘tkazildi.

Dovud ABIBULLAEV, O‘zA muxbiri