Bugun, 17 noyabr kuni “Humo Arena” majmuasida professional boks oqshomi tashkil etiladi. Kechaning markaziy jangida Bahodir Jalolov Janubiy Afrika Respublikasi vakili Kris Tompsonga qarshi jang o‘tkazadi.

Mazkur boks oqshomida bir qator professional boks janglari bilan birgalikda mauy-tay bo‘yicha milliy kamar uchun bahs ham tashkil etiladi.

Janglar ro‘yxati quyidagi ko‘rinishni olgan:  

Muay-tay jangi: 63,5 kg. Bekzodjon Tojiyev (O‘zbekiston) — Sabit Akilbekov (O‘zbekiston).

Professional boks. WBC Central Asia turniri chorak final janglari: 

Yarim o‘rta vaznda (66,6 kg) (6 raundlik):  

Hojiakbar Qodiroxunov (O‘zbekiston), — Bereket Tairov(Qozog‘iston)

Bogdan Utegenov (Qozog‘iston) — Kamronbek Turg‘unov (O‘zbekiston, debyut)

Ixtiyor Nishonov (Qirg‘iziston, debyut) — Hadyatullo Ismoilov (Tojikiston, debyut)

Ildar Turdibayev (Qirg‘iziston) — Ramazan Tabarov (Tojikiston, debyut)

Yarim og‘ir vaznda (79,3 kg) (7 raundlik):  

Shuhrat Abdullayev (O‘zbekiston) — Artyom Pchelyakov (Qozog‘iston)

Jamshidbek Tojiboyev (O‘zbekiston) — Mixail Koxanchik (Qozog‘iston)

Ikkinchi eng yengil vaznda (55,2) 6 raundlik jang:  

Avetis Nalbandyan (Armaniston, debyut) — Vikash Dahiya (Hindiston)

Yarim yengil vaznda (57,1 kg) 4 raundlik jang:  

Abdumalik Xalakov (O‘zbekiston, debyut) — Oleksandr Yegorov (Ukraina)

Yarim o‘rta vaznda (66,6 kg) 8 raundlik jang:  

Qudratillo Abduqahhorov (O‘zbekiston) — Maono Alli (Tanzaniya)

Eng yengil vaznda (53,5 kg) 8 raundlik jang:  

Miraziz Mirzaxalilov (O‘zbekiston) — Runqi Jou (Xitoy)

O‘rta vaznda (72,5 kg) WBC Central Asia turniri finali (8 raundlik):  

Anvar Turopov (O‘zbekiston) — Suhrob Qayumov (O‘zbekiston)

Birinchi o‘rta vaznda (69,8 kg) WBC International kamari uchun:  

Ermal Hadribey (AQSH) — Karlos Molina (Meksika)

Birinchi yarim o‘rta vaznda (63,5 kg) WBC Central Asia kamari uchun:  

Mujibillo Tursunov (O‘zbekiston) — Yangcheng Jin (Xitoy)

O‘rta vaznda (72,5 kg) WBC Eliminator jangi (12 raundlik):  

Meyirim Nursultanov (Qozog‘iston) —Xulio Alamos (Chili)

Ikkinchi o‘ta yengil vaznda (52,1 kg) WBC vaqtinchalik chempionlik kamari uchun (12 raundlik):  

Pedro Guyevara (Meksika) — Karlos Kuadras (Meksika)

Markaziy jang: Cuperog‘ir vaznda 10 raundlik jang:  

Bahodir Jalolov (O‘zbekiston)- Kris Tompson (JAR)

Kecha ushbu boks oqshomida ringga ko‘tariladigan bokschilar uchun tarozi va ko‘z o‘rishtirish marosimi tashkil etildi. Tadbir davomida uyushtirilgan marosimlarda bir qator nomdor bokschilar qatori yurtimizda mehmon bo‘lib turgan sobiq jahon chempioni Mayk Tayson ham ishtirok etdi.

–Mamlakatimiz dunyo sportining markazlaridan biriga aylanib borayotgani barchamizni quvontiradi. O‘tgan yillar davomida yurtimiz bokschilari havaskor yo‘nalishda jahoning yetakchi davlatlaridan biri ekanligini namoyish etgan bo‘lsa, ishonamanki yaqin kelajakda professional boksning eng ilg‘or davlatlari qatoriga qo‘shiladi. Bunday musobaqalar, janglarning o‘tkazilishi sport harakati mamlakatimizda ommalashishiga, mahoratli bokschilarning kamol topishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, – deydi boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev.

Tadbir jarayonida janglarda ishtirok etadigan Qudratilla Abduqahhorov, Abdumalik Xalakov, Mujibbila Tursunov kabi bokschilarimizning fikrlari bilan ham qiziqdik.

–Jang men uchun professional boksdagi ilk ishtirokim sifatida qadrli. Albatta g‘alaba qozonib, xalqimizni xursand qilish niyatidaman. Lekin bor e’tiborim Olimpiadaga qaratilgani bois, ushbu bahs “Parij-2024” Olimpiadasiga tayyorgarlikning bir bosqichi bo‘lib qoladi, – deydi Abdumalik Xalakov.

– Professional boksda 20 ta jang o‘tkazib, 18 marta g‘alaba, 2 marta durangga erishganman. Janglarimning asosiy qismi Amerika qit’asida bo‘lgan. Bu safar yurtimizda ringga ko‘tarilayotganimdan xursandman. Aytishim lozim, Toshkentda o‘tadigan ushbu boks musobaqalarini nafaqat yurtimizda, balki dunyo boks muxlislari, promuoterlik kompaniyalarining vakillari diqqat bilan kuzatishadi. Bir so‘z bilan ifoda etganda, dunyoning nigohi Toshkent ringlariga qaratiladi, – deydi Qudratilla Abduqahhorov.

Darhaqiqat, bugun jahon boks ishqibozlarining e’tibori Toshkentga qaratiladi.

Bahodir Jalolov yetakchiligidagi mahoratli sportchilarimizning raqiblari ularning janglarini, xatti-harakatini diqqat bilan nazorat qilishadi, o‘rganishadi. Bu O‘zbek boksi jahon boksi uchun katta maktabga aylanganining yorqin dalilidir.

 

T.Ro‘ziyev,  

O‘zA