O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionati saralash bosqichi doirasida ilk o‘yinini Turkmaniston termasiga qarshi o‘tkazdi.
“Ashxobod” stadionida o‘tgan o‘yinda 1:3 hisobi qayd etildi. Uchrashuvning 44-daqiqasida Meylis Durdiyev gol urib Turkmaniston termasini oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limning 58 va 77-daqiqasida Otabek Shukurov raqib darvozasini ishg‘ol etgan bo‘lsa, 90+1 daqiqada Eldor Shomurodov yaratilgan vaziyatdan unumli foydalanib, terma jamoamizning uchinchi goliga mualliflik qildi.
Endi 21 noyabr kuni terma jamoamiz “E” guruhidagi ikkinchi o‘yinini Eron termasiga qarshi o‘z maydonida o‘tkazadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA