Yurtimizning bebaho madaniy merosi

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Markaziy ko‘rgazmalar zalida Xalqaro muzeylar kuniga bag‘ishlab “Madaniyat orqali dunyoga. O‘zbekiston madaniy merosi”, deb nomlangan ko‘rgazma tashkil etildi.

Unda me’moriy obyektlarning fotosuratlari, turli arxeologik topilmalar, mashhur arxeolog olimlarning hayoti, faoliyati bilan yaqindan tanishish mumkin.

Bu yerda Mirzo Hamdam madrasasi, Hamdam masjidi va xonaqosi, boshqa ko‘plab nodir me’moriy maskanlarning fotosuratlari tomoshabinlar e’tiboriga havola etilgan. Poytaxtimiz, Toshkent va Surxondaryo viloyatlaridagi qadimiy shahristonlardan topilgan nodir arxeologik ashyolar esa ko‘hna va boy tariximizdan so‘zlaydi.

Mazkur ko‘rgazma boy madaniy, ma’naviy merosimizni, milliy an’ana va qadriyatlarimizni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylashga, jonajon yurtimiz tarixini puxta o‘rganishga chorlashi bilan barchada katta taassurot uyg‘otmoqda.

6.JPG
16.JPG

 

Nazokat Usmonova, Oqil G‘ulomov (surat), O‘zA